Ulug‘bek Qosimov: “Mas’ullar elektr energiyasida uzilish bo‘lganda uyidagi yosh bolasi va yoshi keksa onasi qorong‘i xonada qolib ketgandek harakat qilganida edi,  bu boradagi murojaatlar ancha kamayardi”

Shtabning navbatdagi muhokamasi avvalida viloyat rahbari Sariosiyo tumanidagi bir nechta mahallaning elektr ta’minotida sodir bo‘lgan “avariya” holatiga to‘xtaldi.

– Agarda elektr tarmoqlari korxonalari mas’ullarining o‘z uyida elektr energiyasi uzilganida edi, ushbu muammoni allaqachon hal etishardi. Afsuski, Sariosiyoda bugun sodir bo‘lgan uzilish haligacha bartaraf etilmagan. Bunday holatlarga favqulodda holat sifatida qarab, zudlik bilan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim – deya ta’kidladi hokim.
 

Holatga beparvolik bilan qaragan mas’ullar faoliyati qattiq tanqid qilindi. Soha va hudud rahbariga zudlik bilan holat joyiga yetib borib, muammoni hal etish topshirig‘i berildi.

Shuningdek, muhokama davomida mutasaddi boshqarmalarga Xitoy investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, har bir loyiha taqdimotini Xitoy tilida tayyorlash vazifasi topshirildi. Bundan tashqari hududlarda mahalla idorasi binolarining qurilishi, obodonlashtirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish hamda parvarishlash ishlarining borishi tahlil qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.