Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosarlari, Boysun tumani hokimi hamda madaniyat va turizm sohasidagi tashkilotlar rahbarlari amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar yuzasidan hisobot berishdi. Festival o‘tkazilishi rejalashtirilgan turizm kompleksidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlash hamda tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, transport, ovqatlanish va boshqa xizmat turlarini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, viloyat rahbari Boysun tumaniga tashrifi davomida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganib, tayyorgarlik ishlarini puxta olib borish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berilishini ta’kidladi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz