Oilaviy tadbirkorlik va biznes uchun kredit resurslarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi
Ma’lumki, yurtimizdagi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilib, aholining tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ushbu kreditlarni ajratish uchun asosiy manba – bu avvalgi olingan kreditlarni qaytarilishi hisobiga shakllanadi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, markaziy bank va tijorat banklari rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalarni sog‘lomlashtirish, "yashirin iqtisodiyot"ga qarshi kurashish hamda tadbirkorlik uchun kredit resurslarini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishini o‘tkazdi.
Dastlab, viloyat prokurori tomonidan mavjud kredit qarzdorliklarini undirish va korxonalar faoliyatini sog‘lomlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili o‘qib eshittirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar va tijorat banklari rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Viloyat rahbari aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan kredit resurslarini oshirish, bunda olingan yirik miqdordagi kreditlarning muddatida qaytarilishini ta’minlash muhim ekanligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
1 izoh