Aholini sifatli va arzon farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Prezidentimizning “Farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talab yuqori bo‘lgan dori-darmonlarni mahalliylashtirish, sohada yangi loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish orqali aholini sifatli va arzon dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi korxona va tashkilotlar hamda farmatsevtika sohasida faoliyat olib boruvchi yirik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada 2024-2025-yillarda tarmoqni rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Unga ko‘ra hududlarda farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimda tashkil etish, sohada yaratilayotgan imkoniyatlarni tadbirkorlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning mavjud quvvatlaridan samarali foydalanish hamda raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga qator vazifalar topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.