Sho‘rchi va Denov tumanida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi va Denov tumanlarida bo‘ldi.
Sho‘rchi tumaniga tashrif davomida ariqlarni betonlash, bo‘sh maydonlarni shudgorlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, g‘alla parvarishi hamda maysalarni dorilash uchun “OVX” traktorlarini mavsumga tayyorlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ishlarni muddatida va sifatli bajarish bo‘yicha tuman mutasaddilari hamda soha mas’ullariga vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Denov tumanida bo‘lib, oqova suvlarini tozalash inshootining qurilishi bilan tanishdi. Mas’ullar loyiha yuzasidan axborot berishdi. Xorijiy pudratchi kompaniya bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyihada qurilish ishlarini jadallashtirish, belgilangan muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha vazifalar yuklandi.
Shuningdek, Denov va Sariosiyo tumanlari markazida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish loyihasi taqdimoti bilan tanishilib, ishlarni tezlashtirish, tarmoqlarni tizimli ravishda, barcha infratuzilmalarni hisobga olgan holda amalga oshirish topshirildi.
Tashrif yakunida Denov tumani madaniyat markazi binosini ta’mirlash ishlarining borishi ham ko‘zdan kechirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz