Surxondaryo tajribasi bo‘lgan “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish konsepsiyasi muhokama qilindi
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida bergan topshiriqlariga asosan respublikada birinchi bo‘lib vohamizda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi” yo‘lga qo‘yilmoqda. Joriy yil 31 yanvar kuni viloyatimiz hokimi Qiziriq tumanida oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, uning asosiy vazifalari, konsepsiyasini ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishda kengaytirilgan seminar tashkil etilishi belgilangan edi.
Bugun viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida oliy ta’lim muassasalari, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish konsepsiyasi loyihasi, uni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, chora-tadbirlar dasturi muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan muhokamada “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishning maqsad va vazifalari, uni oila va mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda maktablarda, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda yo‘lga qo‘yishning tashkiliy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Viloyatdagi har bir korxona, tashkilot va idoralarda hamda muassasalarda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish ishlarini ishlab chiqilgan konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Ma’lumot uchun, “Ma’naviyat sektori” 4 ta sektorga qo‘shimcha sifatida alohida ijro hokimiyatining kollegial organi hamda viloyat, shahar va tumanlar kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida tashkil etilishi, barcha hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
2 izoh