Surxondaryo viloyati hokimi Hindistonlik shifokorlar delegatsiyasini qabul qildi
Hindiston dunyoda tibbiyot sohasi rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu davlat bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik qilish ko‘pgina yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini vohamizning o‘zida amalga oshirish imkonini beradi. Shu maqsadda kuni-kecha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoga tashrif bilan kelgan hindistonlik shifokorlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatidagi davolash-profilaktika muassasalaridan hamshira va shifokorlarning malakasini oshirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida Hindiston bilan qo‘shma ta’lim loyihasini yo‘lga qo‘yish, yuqori texnologik operatsiyalarni vohamiz shifokorlari bilan birgalikda amalga oshirish, shuningdek, surxondaryolik bolalarda ilig ko‘chirish, jigar transplantatsiyasi kabi murakkab amaliyotlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
O‘tkazilgan muhokamalar yakunida sog‘liqni saqlash yo‘nalishida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yuqori texnologik va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, shu bilan birga surxonaryolik shifokorlarga ham o‘rgatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz