Sport sohasi mas’ullari va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 5 fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida sport sohasini rivojlantirish, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan edi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash, viloyatda sportni ommalashtirish bo‘yicha tizimni to‘liq va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida sport sohasi mas’ullari hamda murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shahar va tumanlar hokimlarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, Yoshlar agentligi viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etgan muhokamada aholi o‘rtasida sportni ommalashtirish, turli sport musobaqalari tashkil etish bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi tanqid qilindi. Bu borada hokim o‘rinbosarlari, sport mas’ullari va yoshlar yetakchilarining faoliyati qoniqarsiz ekanligi qayd etildi.

Viloyat rahbari mutasaddilarga mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdi. Xususan, sport muassasalari va mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, “sektor – tuman – viloyat” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Seleksiya ishlarini ham sifatli yo‘lga qo‘ygan holda yosh iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy va xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki uchun ularga shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kompleks chora-tadirlarni amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Viloyat rahbari sport sohasi mutasaddilari bilan uchrashuvdan so‘ng, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bog‘chadagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyati yuzasidan taqdimot qilindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.