Yosh tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yosh tadbirkorlar bilan videokonfrensaloqa tarzida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy va hududiy studiyalardan Respublika ta’lim va bandlik klasteri, soliq organlari, markaziy va tijorat banklari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda boshqa aloqador mutasaddilar, shuningdek, 3 mingdan ortiq yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida kredit olish, biznesdagi imtiyoz va imkoniyatlar, soliq to‘lovlari tartiblari hamda boshqa masalalar yuzasidan markaziy va tijorat banklari mutasaddilari, Soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbarlari tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Yosh tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi.

Viloyat hokimi yosh tadbirkorlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiynab kelayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazida soha mas’ullaridan iborat, doimiy ishlovchi viloyat Shtabini tashkil etish, murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa botini ishga tushirish yuzasidan mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, Respublika ta’lim va bandlik klasteri rahbariyati tomonidan, yoshlarni chet tillariga o‘qitish, talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatish orqali xorijiy davlatlarga mutaxassis sifatida ishga yuborish tartiblari, ish o‘rinlari, yaratiladigan sharoitlar va boshqa shunga oid masalalar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.