Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
Termiz shahrida yangidan rekonstruksiya qilingan, zamonaviy qiyofa hamda buyuk bobokalonimizning ijodiy merosini o‘zida aks ettirgan Alisher Navoiy haykali joylashgan maydon erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va o‘quvchi yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.
Maydonda buyuk mutafakkir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, buyuk bobokalonimiz yaratgan o‘lmas asarlari xalqimizning boy ma’naviy merosida, xususan, yoshlar tarbiyasida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shoirlar va talaba-yoshlar Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Viloyat musiqali drama teatri san’atkorlari “Alisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etishdi. Buyuk shoir g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.
Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ziyolilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
Viloyatimiz hududlarida buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz