Termiz shahrida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Tinchlik” va “Bog‘ishamol” mahallalarida bo‘lib, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari bilan tanishdi.
Dastlab, bajarilayotgan ishlar yuzasidan shahar sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ning hisobotlari tinglandi. Shundan so‘ng, hudud bo‘ylab yurilib, ko‘chalar, yo‘llar holati, kommunal sohadagi muammolarning hal etilishi ko‘zdan kechirildi. Ishlarni jadallashtirish, infratuzilmani yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatlar bilan topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Bog‘ishamol” mahallasidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlari bilan tanishildi. Ta’lim tashkiloti hovlisida yo‘laklar talabga javob bermasligi va mashg‘ulot maydonchalarida sharoitlar yetarli emasligi tanqid qilindi. Mutasaddilarga bog‘cha hududidagi yo‘laklarni yangilash, mashg‘ulot o‘tish uchun sharoitlarni yaxshilash hamda yangi bino qurish bo‘yicha Davlat dasturiga taklif kiritish choralarini ko‘rish vazifalari yuklandi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz