Ta’lim tizimidagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

Bugun ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy Kengash raisi, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida maktab ta’limi sohasini rivojlantirishdagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xatolar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan videoselektor tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Shahar va tumanlar hududiy Kengashlari, ta’lim tizimidagi boshqarmalar, hududiy bo‘limlar hamda ayrim maktab direktorlarining ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilmaganligi, Surxondaryo tajribasi bo‘lgan “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kuni” kabi tadbirlarni nomiga o‘tkazib, o‘quvchilar ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi qayd etildi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga Ichki ishlar hamda Milliy gvardiya organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish, mahalliy hokimliklar va aloqador tashkilotlar bilan darslarga munatazam qatnashmay kelayotgan o‘quvchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda tajribali o‘qituvchilar, direktor o‘rinbosarlari va direktorlar ishtirokida mobil guruhlar tuzgan holda seminarlar o‘tkazish, “Otalar yig‘ilishi” hamda “Otalar qabul kuni”ni sinflar kesimida tashkil etish vazifasi topshirildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, maktab va bog‘chalarda autsorsing xizmati ko‘rsatish borasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar sanab o‘tilib, ularni barataf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.