Boysun tumaniga tashrif: Yangi kompleks qurilishiga start, yo‘l qurilishi va festivalga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishuv
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanining “Pasurxi” va “Sho‘rsoy” mahallalarini bog‘lovchi markaziy yo‘lni ta’mirlash, shaharsozlik normalari asosida qurilish ishlarini olib borish, shuningdek, mahallalardagi ichki tuproq yo‘llarni toshlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqi avvalida mexanizatsiya yig‘ma komandasining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazilib, amalga oshiriladigan vazifalar, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari nuroniylar va faollar bilan tumanning “Inkobod” mahallasida «Muqtadir ixtisos ta’mir» xususiy korxonasining "Kemping" xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishiga start berdi. Umumiy qiymati 17,5 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur loyiha mehmonxona, oshxona, AYoQSh, elektromobillarni quvvatlash stansiyasini o‘z ichiga oladi. Majmua ishga tushgach 45 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Tumanga tashrif so‘ngida viloyat hokimi “Bibishirin” mahallasidagi turizm komleksida "Boysun bahori" xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi.
Ayni vaqtda hududda mehmonxona, amfiteatr qurilishi, qo‘rg‘onlar uchun joy, etnosport maydonchalarini tashkil etish hamda o‘tovlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz