Surxondaryoda “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosidagi tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz shahridagi “Azizbek” tantanalar saroyida viloyatimiz hududlaridan tashrif buyurgan nuroniy otaxonlar, davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan faxriylar hamda yoshlar ishtirokida “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga mas’ul” tamoyili asosidagi tadbir, keksa avlod hamda yoshlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, ushbu tamoyil asosida yoshlarni mahalladagi hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktirish orqali ularni Vatanga sadoqat, Vatanparvarlik, odob-ahloq ruhida tarbiyalash ishlarini olib borish asosiy vazifalardan biri ekanligini, viloyatimizda bundan keyin ham keksalarni qadrlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.
Prezidentimizning - “Boshlagan ishlarimizni yoshlarning shijoati bilan keksa avlod kishilarining ibratli hayotini, ularning pand-nasihatini birlashtirib olib borsak yaxshi natijalarga erishamiz, chunki, tarbiya bo‘yicha ulug‘ avlod-ajdodlarimizning tajribalari biz uchun hayot darsligidir” - degan so‘zlari alohida e’tirof etilib, nuroniylarimizda yoshlarni davlat va jamiyatga foydasi tegadigan Ona Vatanni sevadigan insonlar qilib tarbiyalashda faollik ko‘rsatishlari so‘raldi.
Nuroniylar va yoshlar vakillari bilan bir piyola choy ustida suhbat qilinib, kelgusida ishlarni tashkil etish, uch avlod vakillari o‘rtasida mustahkam aloqani o‘rnatgan holda tamoyil asosidagi ishlar vohada tizimli etilishi aytib o‘tildi.
Tadbirda san’atkorlarning Ona Vatan, do‘stlik, ezgulik, hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayotni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari barchada iliq taassurot o‘yg‘otdi. Yakunda nuroniylar yurtimiz tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz