Yoshlar bandligi muhim masala: Denov tumanida mingga yaqin yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, o‘z imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2024 yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ham bu boradagi ishlarning uzviy davomi bo‘lmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari yoshlarning muammo va murojaatlarini tinglash, ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Denov tumanida 1 ming nafarga yaqin yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tumandagi harbiy qismlarning birida o‘tkazilgan uchrashuvda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxona, tashkilot va idoralar mas’ullari hamda tadbirkorlik sub’ektlari ham ishtirok etishdi.
– Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi!”. Shu boisdan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash bizning oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Bugungi uchrashuvda ham biz sektor rahbarlari va mutasaddilar siz aziz yoshlarning murojaatlaringizni tinglab, hal qilish uchun yig‘ilganmiz – deya aytib o‘tdi viloyat rahbari uchrashuv avvalida.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglandi. Ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi. Shuningdek, 400 nafardan ortiq ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari taklif qilindi. Ushbu ish o‘rinlarida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning hayotda o‘z yo‘llarini topishida ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Yoshlar bilan uchrashuvlar doimiy, navbat bilan boshqa hududlarda ham o‘tkazib borilishi qayd etildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
1 izoh