Tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Viloyat rahbari dastlab, avvalgi qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar ijrosini tahlil qildi. Markaziy va hududiy studiyalarda ishtirok etayotgan mutasaddilar o‘zlariga yo‘naltirilgan murojaatlar ijrosining kechikish sabablari yuzasidan axborot berdi. Har bir murojaat doimiy nazoratda ekanligi, qonuniy yechimi qilinmasa nazoratdan olinmasligi ta’kidlandi.

Hududiy studiyalar orqali 89 nafar tadbirkorning kredit ajratish, olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi 97 ta murojaati tinglandi.

Qabul davomida murojaatlarning 18 tasini ijobiy hal etilib, yechimi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan 79 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi. Ijroga yo‘naltirilgan murojaatlar viloyat Shtabi tomonidan qat’iy nazoratda bo‘lishi qayd etildi.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.