Angor tumaniga tashrif: Patronaj xizmati bilan tanishuv va mahalla “yettiligi” faoliyati muhokamasi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, o‘tgan hafta tashrif davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi hamda tumanning “Navshahar” mahallasida patronaj xizmati ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Viloyat rahbari mas’ullar bilan xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan suhbatlashdi hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat haqida ularning fikrlari bilan qiziqdi. Viloyat rahbari patronaj xizmati ko‘rsatish, aholi salomatligini asrash va aniqlangan kasalliklarni davolash ishlarini tashkil etish bo‘yicha Angor tumanida “Surxondaryo tajribasi” yaratilayotganligini ta’kidlab, bu boradagi ishlar tizimli va doimiy nazoratda bo‘lishini qayd etdi.
Shundan so‘ng, kuni-kecha Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektordagi mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Mahalla “yettiligi”ning tizim rahbarlari, shahar va tumanlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat rahbari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda tibbiyot sohasida “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish borasidagi ishlar ham tahlil qilinib, mutasaddilarga o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etib borish yuzasidan vazifalar topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz