Universitetda KPI tizimi taqdimoti, maktab va shifoxona faoliyati bilan tanishildi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash (KPI) platformasi taqdimot qilindi.
Universitet rektori Abduqodir Toshqulov KPI ko‘rsatkichlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va kelgusida kutilayotgan natijalar, ta’lim samaradorligi va sifatini oshirishdagi o‘rni xususida axborot berdi. Tizimni puxta ishlab chiqib, bosqichma-bosqich boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Termiz davlat universitetiga tashrifidan so‘ng viloyat rahbari Termiz shahridagi 7-sonli maktabda bo‘lib, ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Tashrif dasturining so‘ngida viloyat rahbari joriy yil 18 fevral kuni viloyat televideniesida o‘tkazilgan ochiq muloqotda kelib tushgan murojaatga asosan viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanserida bo‘ldi. Tibbiyot maskanidagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga binoni ta’mirlash bo‘yicha davlat dasturiga taklif kiritish vazifasi topshirildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz