“Navro‘z” bayramiga tayyorgarlik jarayonlari va yoshlar uchun ajratiladigan yer maydonlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasida “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. O‘tgan haftadagi tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilar axborot berdi. Mas’ullar oldingi taqdimotlarda berilgan tavsiya va ko‘rsatmalar asosida tayyorlagan loyihalar bilan tanishtirishdi.

Hududni obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, povilonlarni topshiriqlar asosida tayyorlash ishlarini jadallashtirish, har bir povilonda hududning o‘ziga xos urf-odat va an’analarini aks ettirgan o‘tovlar, milliy taomlar tayyorlash joylari, konsert tomoshalari uchun sahnalar ko‘rinishlari ishlab chiqilgan dizaynlar asosida bo‘lishi topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz tumani “Navro‘z” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va yolarning bandligini ta’minlash maqsadida ajratilishi rejalashtirilgan 6 gektar yer maydonini ko‘zdan kechirdi. Yoshlar bilan suhbat davomida ularning ushbu yer maydonlaridan foydalanish rejalari tinglandi.

Viloyat rahbari mas’ullarga yer maydonini ekin ekish uchun tayyor holga keltirish, auksion savdolari orqali ishsiz yoshlarga ajratib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar topshirildi. Shuningdek, yoshlarga ajratiladigan maydonlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.