Termiz shahrida yana bir masofaviy “IT” xizmatlari ko‘rsatuvchi markaz ish boshladi

Bugun Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “IT Park” bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi dasturiy xizmatlarni eksport qiluvchi va masofadan turib “AyTi” xizmatlari ko‘rsatuvchi BPO markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur markazda masofaviy “AyTi” xizmatlari ko‘rsatuvchi 3 ta kompaniya, xususan, “UniCall”, “Maab Innovation” va “Moonboys” kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni vaqtda ushbu kompaniyalarning Termiz shahridagi filiallarida 240 nafardan ortiq xodimlar, asosan yoshlar ish bilan ta’minlangan. Kompaniyalar kelgusida vohalik 1 ming nafar yoshni “AyTi” sohasida o‘qitib, yuqori daromadli kasb egalariga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, birgina “UniCall” kompaniyasi 2024 yilda 800 ming dollarlik dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksportini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, soha mutasaddilari, “IT Park” rezidentlari, kompaniyalar vakillari hamda sohada ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi. Viloyat rahbari markaz faoliyatini samarali olib borish, kelgusida xizmatlar va mahsulotlar turlarini kengaytirish, ko‘proq yoshlarni ish bilan qamrab olish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mazkur markazda faoliyat boshlagan kompaniya vakillari yoshlar bilan suhbat qilishib, o‘z ustida tinimsiz ishlagan har qanday yosh yuqori marralarni zabt etishga qodir bo‘lishi va iqtisodiy imkoniyatlari yaxshilanishi haqida fikrlar bildirib, yoshlarga o‘z tavsiya va takliflarini berishdi.

 

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.