Jarqo'rg'onda ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi o'rganildi

Kecha tunda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov taʼlim va tibbiyot muassasalarining isitilishi, tibbiy xizmat koʻrsatishning holati, shuningdek, mahallalar “yettiligi” faoliyati, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Jarqoʻrgʻon tumanida boʻldi.

Tashrif davomida maktab va shifoxonalarning, tuman tibbiyot birlashmasining isitish tizimi koʻzdan kechirildi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, dori-darmon taʼminoti borasida masʼullarning axboroti tinglandi. Bemorlar bilan suhbat chogʻida ularning sogʻligini yaxshilash, tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tumanning “Paxtakurash” mahallasida joylashgan 14-umumtaʼlim maktabining isitish tizimini koʻzdan kechirish chogʻida shu yerning oʻzida mahalla “yettiligi”, tumandagi “yettilik” rahbarlarining faoliyati yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida taklif va tavsiyalar berildi.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan umumtaʼlim maktablaridagi davomatni yaxshilash, koʻp dars qoldirayotgan va tarbiyasi ogʻir oʻquvchilar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalar bilan manzilli ishlash boʻyicha topshiriqlar berildi. 

Jarqoʻrgʻon tumani viloyat miqyosida koʻplab koʻrsatkichlarda ortda qolayotgani, barcha darajadagi masʼullar va “yettilik” faoliyatini yanada jonlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.