Yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani hokimligida viloyatda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mahallalar “yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilish muhokamasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni fan va sport to‘garaklariga jalb qilish, ikki til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, “Qizil” toifadagilar bilan ishlash hamda ta’lim muassasalarida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazilishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish borasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilandi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz