Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazildi
Uchrashuv avvalida Prezidentimizning joriy yil yanvar oyida Xitoy davlatiga tashrifidan so‘ng ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari jadal rivojlanayotgani, kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgani ta’kidlandi.
Viloyatimiz rahbari Xitoy delegatsiyasi vakillariga vohamizning qishloq xo'jaligi va tog‘-kon sanoatidagi zaxira imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Xususan, bir nechta mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash korxonalari faoliyat yuritayotgan "Lihua Group" kompaniyasi rahbari Chjan Sixoy (Чжан Цихой) boshchiligidagi delegatsiyaga vohamizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarishdagi imkoniyatlari taqdimot qilindi. Bunda paxtachilik, mavjud suv omborlarda baliq yetishtirish, o‘rmon va yaylovlarda yirik va mayda shoxli naslli chorva mollarini ko‘paytirish, asalarichilik hamda pista yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Xitoy vakillari vohamizning qishloq xo'jaligi sohasiga sarmoya kiritish rejalari haqida so'z yuritdilar.
Shuningdek, Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi "Kezhou Congling Industrial Co., Ltd" kompaniyasi ta'sischisi Faxriddin Abdukadir boshchiligidagi delegatsiyasiga vohamizning tog‘-kon sanoati imkoniyatlari, xususan, ko‘mir, mis, temir rudalarini qazib olish va ishlab chiqarishdagi zaxira imkoniyatlar taqdimot qilindi.
Muzokaralar yakunida ko'mir va rudani qazib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Delegatsiyaning viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz