Hududlarga tashrif: Ichimlik va oqova suv tarmog‘i rekonstruksiyasi hamda sanoat zonalari loyihasi bilan tanishuv

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy va Denov tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif dasturining birinchi manzilida Oltinsoy tumani “Oqarbuloq” mahallasida joylashgan, viloyatning 7 ta tumanidagi 238,3 ming aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Xo‘jaipok” tumanlararo ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Viloyat rahbariga korxona faoliyati va mavjud muammolar haqida axborot berildi.

Viloyatdagi “Darband-Boysun-Elbayon” va “Manguzar-Jarqo‘rg‘on-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida ichimlik suvi quvuri tarmoqlarini ham rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-takliflarini ishlab chiqish topshirildi. Shuningdek, “Hazarbog‘-Oqqapchig‘ay” kanallar tizimini qayta tiklash loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berildi.

Ma’lumot uchun, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgn mazkur loyiha doirasida 103,4 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydonlari kafolatli suv bilan ta’minlanadi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, “Qo‘zichog‘li” mahallasida tashkil etilayotgan, 2,6 gektarlik “Denov yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” hamda 8,1 gektar maydonda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Yosh tadbirkorlar bilan suhbat qilinib, sanoat zonalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi qayd etildi.

Tumanga tashrif so‘ngida viloyat rahbari “Navbahor” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi hamda ularning amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan hisobotini tingladi. Mahallada infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.