Media makonda milliy kontent yaratishdagi navbatdagi qadamlar
Davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan media makonda milliy kontent yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryoda ham bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mutasaddilarga chora-tadbirlar belgilab berilgan edi.
Kuni-kecha ushbu topshiriqlarga asosan Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida OAV vakillari, axborot xizmatlari rahbarlari, vohalik yosh vaynerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari uchun “Media makonda milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov va boshqalar axborot maydonini bugungi kun talabi va xalqimiz ehtiyojiga mos milliy kontent bilan to‘ldirish, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarning boy merosini tarannum etuvchi media mahsulotlarini yaratish, dunyo axborot makonida milliy manfaat va maqsadlarimizni dadil olg‘a surish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Bu vazifalarni to‘laqonli bajarish uchun ko‘p yillik ish tajribasiga ega soha xodimlari qatori yosh ijodkorlarni ham kashf etish va jarayonga kengroq jalb etish, malakali soha vakillarining tajribasi va yoshlarning g‘ayrat-shijoatini birlashtirish yaxshi natija berishi qayd etildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
4 izoh