Prezident tashabbusi amalda: Taxiatosh Surxondaryo tajribasi asosida rivojlanmoqda
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Orolbo‘yi aholisi turmush farovonligini yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi mas’ullar Taxiatosh tumaniga tashrif buyurib, Surxondaryo tajribasini joriy etish, aholi muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Viloyatimiz rahbariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov hamrohlik qildi.
Xususan, tumanning markaziy ko‘chalarini shaharsozlik normalari asosida rekonstruksiya qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yirik loyihalar taqdimotlari, mahallalarda “yettilik” faoliyati hamda yirik issiqxonalar komplekslari bilan tanishildi. Viloyatimiz rahbari mutasaddilar bilan aholi turmush sharoitlarini ko‘dan kechirib, taxiatoshliklar bilan suhbatlashdi. Ularning mavjud muammolari o‘rganildi hamda yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, vohalik tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi ham ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning kelgusidagi rejalar yuzasidan axboroti tinglandi.
Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati tadbirkorlari tomonidan Taxiatosh tumanida 2022-2023-yillarda qiymati qariyb 240 milliard so‘mlik 20 ga yaqin loyihani amalga oshirish hisobiga 1 ming 300 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz