Termiz shahridagi maktablarda «turniket» o‘rnatilmoqda

Joriy yil 27 fevral kuni viloyat hokimi mutasaddilar bilan Termiz shahridagi 19-sonli maktabda bo‘lib, shahardagi 27 ta maktabga “KPI” tizimini joriy etish, kameralashtirish hamda “turniket” o‘rnatish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi. 

Bugun viloyat rahbari Termiz shahridagi 26-sonli maktabda videokuzatuv moslamalarining ish jarayonlari hamda “turniket” tizimini joriy etish ishlari bilan tanishdi. Tizimga ko‘ra, o‘quvchi maktabga kirgach “turniket” tizimining yuzni tanib olish funksiyasi bilan jihozlangan kameralari yordamida uning maktabga kelganligi to‘g‘risida qaydlarni markaziy serverga uzatadi hamda shu orqali ota-onaga farzandi maktabga kelganligi to‘g‘risida sms-xabarnoma yuboriladi.

Maktab xonalari ham kameralashtirilgan bo‘lib, dars jarayonlarining borishi mutasaddilar tomonidan monitoring qilib boriladi. Viloyat rahbari tizim haqida taqdimot bilan tanishib, mutasaddilarga maktablarda bosqichma-bosqich ushbu namuna asosida tizimni o‘rnatish vazifasini topshirdi.

Viloyat rahbari maktabda ta’lim jarayonlari bilan ham tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Iqtidorli o‘quvchilarga sovg‘alar topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.