Surxondaryoda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda
Bugun Termiz shahridagi “Grand Almas” tantanalar saroyida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatning asosiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, jamiyatimiz gultojlarini bahorning ilk ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi.
Viloyat rahbari o‘z tabrik so‘zida xotin-qizlarimizning Vatanimiz taraqqiyoti va voha rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi haqida to‘xtaldi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlab, jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani qayd etildi.
![](https://telegra.ph/file/1485d75abccc8a5477d7e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/b486a6d3e828dc5a6bb62.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ffb290be0bb3a7129bc2f.jpg)
Viloyatda 1 million 421 ming xotin-qiz istiqomat qilmoqda. Ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlab, har taraflama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 70 mingdan ortiq xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatildi. Xususan, 624 nafar uy-joysiz xotin-qizlar uy-joy bilan ta’minlandi. 150 nafar xotin-qizlarning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari uchun shartnoma pullari to‘lab berildi. Shuningdek, 21 ming 975 nafar xotin-qizlarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 404 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.
![](https://telegra.ph/file/493b4ff229564a375bf91.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e7270d2191e73b1271198.jpg)
![](https://telegra.ph/file/37144a42fd11ef60103b9.jpg)
Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega bo‘lgan 1 ming 742 nafar xotin-qizlardan zaxira kadrlar shakllantirilib, ulardan 7 nafari Davlat boshqaruv akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi asosida o‘qitildi.
Marosimda 17 nafar xotin-qizlarga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda ibratli hayoti va turli sohalardagi fidokorona mehnati uchun bir guruh fidoyi xotin-qizlar viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, joriy yilda boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga muhtoj 300 nafar ayollarga yangi uy-joylar topshirilishi tak’kidlandi, ularning dastlabki 10 nafariga turar-joylar sertifikatlari topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/2f5cbb06bf3789aa19511.jpg)
![](https://telegra.ph/file/9488d9e2aa2ae723608ce.jpg)
![](https://telegra.ph/file/0564d54d1012beb47ef83.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a47e21acbd9d7f4b749cf.jpg)
Bayram tadbirida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda vohamizning taniqli san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari hamda badiiy jamoalarning bayramona chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbirlari shahar va tumanlarda hamda korxona va tashkilotlarda qizg‘in davom etmoqda.
![](https://telegra.ph/file/b0b6c0029b579bec216d6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2bc6e1c3b94ad30e41659.jpg)
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz