Jarqo‘rg‘onda topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Xabar berganimizdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahallasida bo‘lib aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga vazifalarni belgilab bergan edi.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida ham ushbu mahallada bo‘lib, belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi, xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan muloqot qildi. Bugunning o‘zida mahalladagi tuproq yo‘llarni tekislash, toshlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekish, daraxtlarni oqlash, mavjud transformatorni katta quvvatlisiga almashtirish, foydalanilmayotgan aholi tomorqalarini shudgorlash, ekin ekish uchun tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, boshlangan kompleks ishlar davom ettirilmoqda. Bundan tashqari biriktirilgan mas’ullar, tijorat banklari vakillari xonadonlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishib, oilalarga tegishli taklif va tavsiyalar berishmoqda.

Viloyat rahbari xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish holati bilan tanishish davomida gul ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan oila bilan suhbatlashdi. Yangi xaridorgir gul ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, issiqxonada qulupnay va boshqa sabzavot mahsulotlari yetishtirayotgan xonadonlar bilan ham tanishildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan biriktirilgan mutasaddilar viloyat rahbariga axborot berdi. Mahallada kompleks ishlarni sifatli amalga oshirish lozimligi, bu bir kunlik tadbir bo‘lmasligi, aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish tajribasini shakllantirish, kambag‘allikni qisqartirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash tadbirlari tizimli davom ettirilishi ta’kidlandi.

Belgilab berilgan vazifalar ijrosini viloyat hokimi shaxsan nazorat qilishini qayd etdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.