Ulug‘bek Qosimov: “Ramazon oyida “Surxondaryo tajribasi” asosida ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish ishlarini davom ettiramiz”

Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida joriy hafta avvalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi videoselektor tarzida o‘tkazildi. Viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va idoralar hamda aloqador tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda dastlab, Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

– Prezidentimizning ko‘rsatmasi bilan o‘tgan yilgi Ramazon oyida ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida “Surxondaryo tajribasi”ni yo‘lga qo‘ygandik. Bu boradagi ishlarni bu yil ham davom ettiramiz. Barcha sektor rahbarlari, joylardagi imomlar bilan Ro‘zai Ramazon oyi davomida qiynalgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning holidan xabar olib, ularga moddiy yordam, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi – deya vazifalarni belgilab berdi viloyat rahbari.

Yig‘ilishda “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari, belgilab berilgan topshiriqlar va faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaatlar ijrosi, ijro intizomi hamda kunlik ko‘rsatkichlar tahlili ko‘rib chiqildi. Masalalar yuzasidan sohalar, tarmoqlar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va joriy hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Ayrim mutasaddilar faoliyati tanqid qilinib, ogohlantirishlar va tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, to‘rtta tuman hokimiga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar ham tanishtirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.