Surxondaryoning yettita tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ochildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida “ZOOM” platformasi orqali viloyatimizning yettita tumanida, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rhon, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining aholini ijtimoiy himoya qilish, sohadagi xizmatlarni fuqarolarga yanada yaqinlashtirish borasida belgilab bergan topshiriqlarini sifatli amalga oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida Angor, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Ayrim sport maktablarida murabbiylar tomonidan mashg‘ulotlar to‘liq o‘tilmasdan, oylik ish haqlari yozib kelinganligi holatlari aniqlangan.

Viloyat rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ushbu holatlarga qonuniy baho berishni so‘radi. Davlatimiz rahbarining sportni rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborini suiste’mol qilishga hech kim haqqi yo‘qligi ta’kidlandi.

Sport sohasi mutasaddilariga aholini, ayniqsa yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh sportchilarni Olimpiada va Jahon chempionatlariga tayyorlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Viloyat hokimi yana bir bor shogirdlari Olimpida g‘olibi bo‘lgan murabbiylarga xonadon, Jahon chempioni bo‘lganlarga avtomobil topshirilishini ta’kilab o‘tdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.