Surxondaryoning 6 ta tumanida eksport logistika markazlari tashkil qilindi

Prezidentimiz raisligida joriy yil 18 mart kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etilgan eksport logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Muloqotlarda ushbu hududlarga yaqin tumanlar sektor rahbarlari, hokim yordamchilari hamda aloqador mutasaddi boshqarmalar boshliqlari ishtirok etishdi.

Surxon vohasida qishloq xo‘jaligi ekinlari, ayniqsa, sabzavotlar, xususan, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, gulkaram, brokkoli, daykun, qizil lavlagi kabi mahsulotlar yurtimizning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha erta pishib yetiladi. Bunda dehqonlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida sotib olinishi va xorijiy davlatlarga eksport qilinishini tashkil etish muhim masala hisoblanadi.

Viloyat rahbari tumanlardagi eksport logistika markazlarida ana shu masalalarga e’tibor qaratdi. Eksportyor korxonalar, tadbirkorlar hamda mahsulot yetishtiruvchilar bilan muloqotda tizimdagi muammolar tahlil qilindi. Mutasaddilarga transport, logistika, karantin, bojxona va boshqa masalalardagi muammolarni tezkor hal etish, pishib yetilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida eksport qilinishi, uning narx navosining dehqonlar mehnatiga munosibligiga e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, eksportyor korxonalarning mahsulotga bo‘lgan talabini o‘rganib, dehqonlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rnatishga, mahsulot topishga ko‘maklashish, logistika markazlarida karantin, bojxona, bank, transport, YPX kabi mutasaddi tashkilotlar vakillari doimiy faoliyat olib borishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida, xususan, Muzrabot, Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Denova va Sariosiyo tumanlarida eksport logistika markazlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning joylashuv manzillari bilan telegramdagi rasmiy kanalimizda tanishishingiz mumkin.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.