Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bilan tanishildi

Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatining Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Sariosiyo tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu massivlarda amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish-ta’mirlash jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi. Dastlab, viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasida bo‘lib, 24,5 gektar maydonda, 396 ta xonadonli 20 ta ko‘p qavatli turar joy binosini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivining navatdagi bosqichi qurilishi bilan tanishdi. Mazkur loyiha 2022 yilda boshlangan bo‘lib, o‘tgan yillarda qurilishi tugallangan turar-joylar foydalanishga topshirilgan.

Loyihaning keyingi bosqichlarini ham sifatli va muddatida amalga oshirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, turar-joylarda zarur infratuzilmalarning bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif davomida viloyat rahbari “Surxon jar baraka” MChJ tomonidan 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan limonchilik issiqxonasi bilan ham tanishdi. Limon ko‘chatlari ekish va parvarishlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkorga loyihaning keyingi bosqichlarini ham ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratish borasida tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida 28,5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish-ta’mirlash ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar, qurilish-pudrat korxonalari vakillari viloyat rahbariga hududda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan axborot berishdi. Turar-joylar qurilishida zamonaviy, energiyatejamkor qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni jadallashtirish, ko‘p yillik loyihaning joriy yilga mo‘ljallangan bosiqichini muddatida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.