Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar va loyihalar bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasi dasturiga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida bo‘ldi.
Tashrif dasturiga muvofiq dastlab, Qiziriq tumanida chigit ekish ishlarining borishi bilan tanishildi. Xususan, Azim Sulaymonov oilaviy pudratining 15 gektarlik maydonida S-8290 navli paxta urug‘larini qadash ishlari ko‘zdan kechirildi. Tuman bo‘yicha qariyb 7,3 ming gektar maydonda chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar shundan 3,5 ming gektariga urug‘ qadash ishlari to‘liq amalga oshirilgan.
Viloyat rahbari tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda chigitni qadash, agrotexnik ishlovlarning o‘z vaqtida bo‘lishini ta’minlash borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Sherobod mashina magistral” kanali bo‘yida besh qatorli qilib, tut, tol va terak ko‘chatlari ekish tadbirlarining borishi bilan tanishdi. Sherobod, Qiziriq va Bandixon tumanlari chegaralari bo‘ylab oqib o‘tuvchi mazkur kanal bo‘yiga daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlariga viloyat hokimi rahbarligida 17-mart kuni start berilgan edi.
Ko‘chat ekish tadbirlarining borishi, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ushbu tumanlar hokimlari va soha mutasaddilari axborot berishdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ekologik muhitni yaxshilash, tuproq erroziyasining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tadbirni sifatli va muddatida bajarish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Sherobod tumanida davom ettirdi. “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 392 mlrd so‘mlik, 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash yo‘lga qo‘yiladigan chorvachilik kompleksining qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Avvalgi tashriflarda mazkur yirik loyiha yuzasidan berilgan tavsiyalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan viloyat rahbari mutasaddilarning axborotlarini tingladi. Tadbirkor bilan muloqot davomida 30 ming tonna sutni qayta ishlash zavodining qurilishini ham tez kunlarda boshlash lozimligi qayd etildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
1 izoh