Tatariston va Surxondaryo aloqalari yangi bosqichda rivojlanadi

Termiz tumanida joylashgan “Mehmonlar uyi” kompleksida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar avvalida Rustam Minnixanov ko‘rsatilgan hurmat va yuqori darajadagi qabul uchun viloyatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tatariston Respublikasi Raisi va Surxondaryo viloyati hokimi o‘zbek va tatar xalqlarini Muborak Ramazon oyi bilan qutladi.

Tatariston rahbari Surxondaryoning boy tarixi bilan tanishuvi unda katta taassurot qoldirganligini ta’kidladi. Viloyatimiz hokimi Surxondaryoning savdo-iqtisodiy hamda investitsion jozibadorligi va mavjud salohiyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Xususan, neftni qayta ishlash, transport va logistika, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar hamda chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Kelgusida hamkorlik aloqalarini madaniy sohalarda ham rivojlantirish maqsadida madaniyat kunlarini tashkil etish, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida ikki hudud delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirishga kelishilib olindi.

Tatariston va Surxondaryo o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki hudud rahbarlari tomonidan bayonnoma imzolandi.

Muzorakaralar avvalida “Mehmonlar uyi” kompleksida Surxon vohasining o‘ziga xos milliy urf-odat va an’nalari hamda milliy taomlari ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Tadbirlarda Surxondaryodagi Rus madaniyati markazi ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

 

8 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.