Surxondaryo viloyati hokimi Xitoyning ikki delegatsiyasini qabul qildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning shaharsozlik va sanoat mahsulotlari, robototexnika, elektronika vositalari ishlab chiqarish, yer osti qazilma boyliklari hamda quyosh panellari va shamol stansiyalari o‘rnatish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat ikkita delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Xitoy davlatlari rahbarlarining o‘zaro tashriflari, xususan, joriy yil yanvar oyida Prezidentimizning ushbu davlatga tashrifida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Delegatsiya vakillari bilan muloqotda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy, investitsion salohiyati, sanoati va elektronika hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Xitoylik tadbirkorlar o‘zlarining loyihalarini taqdimot qilishdi.

Muzokaralar yakunida viloyatimiz rahbari xitoylik investorlar uchun vohamizda loyihalarni yo‘lga qo‘yishlari uchun zarur yordamlar ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kiladi. Xitoy tomoni vakillari ham Surxondaryoda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ma’lum qildi.

Taklif qilingan loyihalar ikki tomon mutaxassislari tomonidan batafsil ko‘rib chiqilishiga, amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.