Ulug‘bek Qosimov: “Tartib va ijro intizomi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan jamoada mehnat samaradorligi bo‘lmaydi”

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ijro intizomi, murojaatlar va tashriflar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish, “Hokim bog‘i” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada kun tartibidagi masalalar tahlil qilinib, markaziy va hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sohalar va tarmoqlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Ijro intizomiga rioya qilish, aholi murojaatlari va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda ayrim mutasaddilar sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani qayd etildi.

Viloyat rahbari ijro intizomi masalasiga to‘xtalar ekan, har bir mehnat jamoasida avvalo tartib va ijro intizomini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarurligini, shundagina ish samaradorligi va sifati ta’minlanishini ta’kidladi. Shu sababli viloyat Ishchi guruhiga ijro intizomida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan korxona va tashkilotlar hamda hududlarda o‘rganish o‘tkazish topshirig‘i berildi.

“Hokimlik soati”da shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va ta’mirlash hamda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha hudud va tarmoqlar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.