Surxondaryo viloyati hokimi Tatariston delegatsiyasini qabul qildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv “Termiz xalqaro savdo markazi”da o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish, avvalgi tashriflarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi loyihalar ustida ishlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Ikki tomonlama tuzilgan bitim va shartnomalarni bosiqma-bosqich amalga oshirib borishga kelishilib olindi.

Shundan so‘ng, mehmonlar “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari ko‘zdan kechirildi.

Tatariston delegatsiyasining viloyatimizga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.