Tatariston delegatsiyasi tashrifi: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi navbatdagi qadamlar

Bugun viloyatimizga tashrif buyurgan Tatariston delegatsiyasi uchun madaniy tadbir tashkil etildi. Vohamizga xos milliy kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, Termiz muhandislik texnologiya institutida qardosh xalq delegatsiyasiga viloyatning investitsion salohiyati, tog‘-kon sanoatidagi imkoniyatlari hamda ikki tomon rasmiylari uchrashuvida erishilgan loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Delegatsiya a’zolariga Termiz arxeologiya muzeyidagi vohamizning eng qadimgi tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan tarixidan so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi hamda ularga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tashrif dasturiga muvofiq Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonlari bilan tanishildi. Aholi xonadonlarida ham bo‘linib, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan Tatariston Respublikasi delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi yakunlandi.

2 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.