Muzrabot va Sherobod tumanlarida g‘o‘za parvarishi ishlari tanqidiy muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirdi. Tumanning “Sharif Darband” hududida joylashgan “Guliston oltin tola” fermer xo‘jaligining paxta dalasida g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi yuzasidan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada dalalarda agrotexnik tadbirlar, xususan, kultivatsiyalash va yagonalash ishlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Tuman sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga kamchiliklarni bartaraf etish, dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Sherobod tumanida bo‘ldi. Tumanning “Ulash Turopov” hududidagi “Shayman bobo” fermer xo‘jaligi dalasida tuman mutasaddilari bilan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalari tahlil qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil paxta hosili uchun Muzrabot tumanida 9 ming 200 gektar, Sherobod tumanida 9 250 gektar maydonga chigit ekilgan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz