Qiziriq va Bandixon tumanlarida g‘o‘za hamda g‘alla parvarishi ishlari tanqidiy muhokama qilindi

Bahorning ayni kunlar qishloq xo‘jaligida, xususan, g‘alla va g‘o‘za rivojida muhim palla hisoblanadi. Shu sababli hududlarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislar ishtirokida munatazzam o‘rganilib, natijalari tanqidiy qilib borilmoqda. Muhokamalarda kechiktirib bo‘lmas tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilmoqda.

Bugun ham shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq va Bandixon tumanlariga tashrif buyurdi. Dastlab, Qiziriq tumani “Oqjar” hududida “Surxon cotton textile cluster” MChJning Ashurov Abdiqodir oilaviy pudrat dalasida sektor rahbarlari, soha mutasaddilari va oilaviy pudratchilar bilan g‘alla hamda g‘o‘za parvarishi borasida viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Ayrim dalalarda ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligi, ob-havoning nisbatan noqulay kelishi munosabati bilan yetarli chora-tadbirlar hamda agrotexnik ishlovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi tanqid qilindi hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 7 286 gektar maydonga chigit, 10 190 gektarga g‘alla ekilgani, belgilangan marrani zabt etish uchun hozirdan harakat qilish lozimligi qayd etildi.

Keyingi muhokama Bandixon tumani “Yo‘lchi yulduz” hududidagi “Surxon grand fruits” MChJning paxta dalasida o‘tkazildi. Viloyat rahbari o‘rganish natijalarini muhokama qilar ekan, bugungi harakatimiz ertangi xirmonimizni belgilab berishini ta’kidladi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Bandixon tumanida 2024-yil hosili uchun 3 692 gektar maydonda chigit, 4 688 gektarda g‘alla urug‘lari ekilgan.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.