O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi
Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o’tkazish punkti orqali qo’shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o’simlik yog‘i, 10 ming 80 dona konservalangan go’sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) o’rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazining o’rinbosari Yerkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’z olgan Balx viloyati rasmiylari Prezidentimiz va xalqimizga og‘ir paytda ko’rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi. Birodar ikki xalqqa farovonlik tilab duolar qilindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz