Muzrabotga tashrif: Taqdimotlar, yirik loyihalar muhokamasi va “Sayxunobod tajribasi” asosidagi ishlar bilan tanishuv

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yangi loyihalar taqdimoti, ish o‘rinlari yaratish hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqadan samarali foydalanish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi.

Dastlab, tumanning “Yurtim jamoli” mahallasida joylashgan “Termiz ko‘p tarmoqli” xususiy korxonasi hududida tumandagi mavjud bo‘sh binolardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Viloyat rahbari mutasaddi boshqarmalar hamda tijorat banklari rahbarlarining bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflarini tingladi.

Bo‘sh turgan obyektlar imkoniyatlaridan foydalangan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmining ortishiga hamda budjet tushumlarining oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. Viloyat rahbari mutasaddilarga tadbirkorlar bilan ishlab, bo‘sh binolarda amalga oshiriladigan daromadli loyihalarni ishlab chiqish hamda ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shundan so‘ng, sektor rahbarlari, iqtisodiy kompleks tashkilotlari hamda tadbirkorlar ishtirokida viloyatdagi yirik loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga biriktirilgan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti tinglandi hamda eksport qiluvchi va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mutasaddilarga har bir masala yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Tumanga tashrif yakunida viloyat rahbari “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “At-Termiziy” mahallasida yashovchi Sharofat Maxmudovaning xonadoniga tashrif buyurdi. Oila mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda gulchilik, ko‘chatchilik, parrandachilik va chorvachilikni yo‘lga qo‘ygan.

Viloyat rahbari xonadon sohiblari bilan suhbatda mehnatkashligi, ishbilarmonligi uchun minnatdorchilik bildirib, mas’ullarga tajribani ommalashtirish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish vazifalarini belgilab berdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.