Bandixon tumanida «Sayxunobod tajribasi»ni joriy etish ishlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za va g‘alla parvarishi ishlari bilan tanishdi. Bu boradagi ishlar ko‘zdan kechirilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi. Mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumanning Birdamlik mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi. Xonadonlarda bo‘linib, tomorqadan samarali foydalanish, ko‘chalarni obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Uyma-uy yurish davomida aholi bilan muloqot qilinib, ularning muammolari tinglandi. Murojaatlarni hal etish bo‘yicha tuman rahbarlari hamda mahalla “yettiligi”ga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mas’ullarga bir hafta muddatda mahallada “Sayxunobod tajribasi” asosidagi ishlarni namunali tashkil etish, ishsizlarning bandligini ta’minlash, ichki ko‘chalarni asfaltga tayyorlash ishlarini yakunlash hamda viloyat rahbariga taqdimot qilish topshirildi.

Keyingi hafta berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirilishi belgilandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.