Matbuot anjumani: “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori badiiy saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va ijodiy ishlar
Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda jurnalistlar, tuman, shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari, turizm, madaniy meros, sport va madaniyat boshqarmalari mutasaddilari hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita a’zosi Jo‘rabek To‘rayev, viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayevlar shu yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida o‘tkaziladigan xalqaro festivalga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, o‘tgan yillardagi ochiq folklor festivallardan farqi, ishtirokchilar hamda jurnalistlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Go‘zal tabiat qo‘ynida dunyo xalqlarining folklor san’ati, milliy va umumbashariy qadriyatlar tarannum etiladigan xalqaro festivalga jahonning 40 dan ortiq mamlakatlaridan nomoddiy madaniy meros shinavandalari va mutaxassislari hamda 20 ga yaqin davlatning iste’dodli folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan.
Matbuot anjumanida xalqaro festivalga keladigan mehmonlar va muxlislarni kutib olish, joylashtirish, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ham atroflicha fikr almashildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Festivalni yanada yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.ф
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz