Polsha delegatsiyasi Surxondaryoda
Bugun Polsha davlatining “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Al Hakim At-Termiziy” majmuasi bilan tanishishdi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da Polsha delesiyasini qabul qildi. Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomon mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Viloyatimiz rahbari Yanush Pexochinskini vohamizga tashrifi bilan qutlab, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Surxondaryodagi investitsion imkoniyatlardan samarali foydalangan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Polsha tomoni ham yuqori darajadagi qabul uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan mamnunligini, tashrifning asosida maqsadi qator loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishish ekanligini ma’lum qildi.
Uchrashuvdan so‘ng, Polsha delegatsiyasi “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishdi.
Ma’lumot uchun, Polsha davlati delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi 7 may kuniga qadar davom etadi hamda tumanlarda ishga solinmayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishishadi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz