Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi qabuldan so‘ng, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurdi. Hududlarda ishchi guruhi tomonidan agrar sohada o‘tkazilgan o‘rganish natijalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Seminar tarzida tashkil etilgan muhokamalarda mutaxassislarning paxta va g‘alla parvarishini olib borish, o‘g‘itlash, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tavsiyalari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni mutaxassislar tavsiyasi asosida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi hamda sanoat ipotekasi asosida tashkil etilayotgan “Yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonasi” bilan tanishildi. Viloyat rahbari soha mutasaddilari va quruvchilar bilan suhbatda, xonadonlarning narxi qimmatligiga e’tibor qaratdi. Mahalliylashtirilgan, arzon hamda sifatli qurilish materiallaridan foydalangan holda turar joylar tannarxini kamaytirish lozimligi qayd etildi.

Viloyat rahbari loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilar va quruvchilarga tegishli ko‘rsatma va tavsilarini berdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.