Qumqo‘rg‘onda “Sayxunobod tajribasi” asosida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Viloyatimiz hududlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda. Viloyat rahbarining hududlarga tashrifida ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlar doimiy ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga vazifalar yuklanmoqda.
Shu maqsadda bugun viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Dastlab, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Tumanning Bog‘aro mahallasida yangi yerlarni foydalanishga kiritib, poliz mahsulotlari yetishtirayotgan Abdumajid Axmedovning dehqonchilik faoliyati bilan tanishildi. Viloyat rahbari mavjud imkoniyatlarni ishga solib, qarovsiz yerni o‘zlashtirgan, o‘z mehnati bilan mahsulot yetishtirayotgan bobo dehqon tajribasini e’tirof etdi. Mas’ullarga ushbu tajriba asosida adirliklardagi yer maydonlarini foydalanishga kiritish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan holda aholining bandligini ta’minlash va mahsulot yetishtirish hajmini oshirish vazifasi yuklandi.
Shundan so‘ng, Navbahor mahallasida “Umidjon Nur Uchquni” MChJning “kasanachilik” orqali har xil to‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish va tadbirkor Bo‘ron Abdimo‘minovning issiqxonachilik faoliyati bilan tanishildi. Mahallada “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida 15 ta oilaga qoramol va parranda tarqatib berildi.
Viloyat rahbari tashrifini Umid nihollari mahallasida davom ettirib, avvalgi tashrifida berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Tashrifdan so‘ng mahalla idorasi qurilib, faoliyatsiz mahalla guzari hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tanishuv jarayonida mahalla yettiligining axboroti tinglandi. Mahalla guzarida tashkil etilgan nodavlat ta’lim markazida koreys tili o‘qitish, muzqaymoq hamda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirildi. Birinchi galdagi vazifa aholi bandligini ta’minlash ekanligi ta’kidlanib, mas’ullarga aholini tadbirkorlikka va tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish, buning uchun zarur sharoitlar, jumladan, kredit mablag‘larini ajratish vazifasini yuklandi.
Tashrif davomida viloyat rahbari “Qum teks invest” MChJning mato to‘quv va bo‘yash loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Ishlarni jadallashtirish, loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Shu yerning o‘zida “Termiz Jayxun Klaster” MChJning faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” loyihasi yuzasidan taqdimotlar qilindi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz