Termiz shahri va Termiz tumanida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahri bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, turar joylar qurilishi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Xususan, shaharning “Surxondaryo” daryosi yoqalarida joylashgan hududlarini obodonlashtirish, tozalash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga daryoni belgilangan qonunchilik normalariga asosan tabiiy holatiga ziyon yetkazmasdan tozalash va obodonlashtirish vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng, shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab obodonlashtirish, ekilgan daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, yo‘lbo‘yi yashil maydonlarini sug‘orish ishlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, Turon mahallasi va shaharning boshqa hududlaridagi eski turar joylar o‘rnida renovatsiya asosida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uy joylar loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Viloyat rahbari qurilishi boshlangan loyihalarni jadallashtirish, turar joylar qurilishida zamonaviy shaharsozlik normalariga qat’iy rioya qilgan holda ishlarni sifatli amalga oshirish lozimligini qayd etdi.

Keyingi manzilda Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘li bo‘ylab obodonlashtirish, loyihalarning qurilish normalari asosida olib borilishi, chiqindilardan tozalash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi ham ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga shahar va tuman hududidagi boshqa ko‘chalarda ham o‘rganish o‘tkazib, kamchiliklarni bartaraf qilish vazifalari belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.