Surxondaryoda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

Vohamizda 2024 yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan, 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari shay holatga keltirilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani paxta zavodida videokonfrensaloqa shaklida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmali seminarda shay holatga keltirilgan zamonaviy kombaynlar bilan tanishildi hamda mavsum oldidan haydovchi hamda yodamchilariga oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, ish haqi avans pullari topshirildi. Sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga otryadlarni shakllantirish ishlarini yakunlash, o‘rim mavsumi uchun yoqilg‘i-moylash materiallarining yetarli zaxirasini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, seminar davomida g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Ob-havoning har yilgidan ko‘ra injiq kelayotganligini inobatga olib hududlarda olimlarning tavsiyalari asosida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.